Valyuta kurslari 26/05/2025
$1 – 12915.90
UZS – 0,09%
€1 – 14658.25
UZS – 0,57%
₽1 – 162.44
UZS – 0,28%
Qidirish
Madaniyat 11/05/2025 Vazirlar Mahkamasi binosi va 130 ga yaqin obyekt Madaniy merosning milliy ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

Vazirlar Mahkamasi binosi va 130 ga yaqin obyekt Madaniy merosning milliy ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Madaniy meros agentligi tomonidan tayyorlangan Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, Mustaqillik maydoni ko‘chasi 5-uy manzilida joylashgan Vazirlar Mahkamasining binosini Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritish ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, ro‘yxatga yana 130 ga yaqin obyektlar, jumladan, Toshkent shahri Shota Rustaveli, Beshyog‘och ko‘chalaridagi qator uylar kiritilishi kutilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonning turli hududlarida joylashgan bir qator masjidlar, qabristonlar, maqbaralar, muzeylar, buloqlar, ziyoratgohlar va boshqa yodgorliklarni reestrga kiritish rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
OSZAR »