TBC Uzbekistan kredit portfeli 10,047 trln. so'm
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — TBC Uzbekistan 2025-yilning 1-choragi uchun MHXS bo‘yicha moliyaviy natijalarni e’lon qildi: kredit portfeli 121%ga, depozit portfeli 85%ga o’sdi, umumiy operatsion daromadi 744 milliard so‘mni tashkil qildi.
TBC Uzbekistan Markaziy Osiyodagi yetakchi va mamlakatning eng yirik raqamli banking ekotizimi TBC Bank raqamli banki, jismoniy shaxslar va kichik biznes uchun raqamli to‘lovlar payme ilovasi hamda muddatli to‘lov bo‘yicha tez sur’atlarda rivojlanayotgan – payme nasiya kabilarni o’z ichiga olgan.
2025-yilning 1-choragida kompaniya barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha sezilarli o‘sishni namoyish etdi. Hisobot davrida kompaniya o‘z mijozlar bazasini kengaytirdi hamda bir qator yangi mahsulotlarni ishga tushirdi.
2025-yil 31-mart holatiga ko‘ra kredit portfeli 10,047 trillion so‘mga yetdi (o’tgan yilga nisbatan o’sish 121%ni tashkil qildi). Kompaniya O‘zbekiston bozoridagi ulushini oshirishda davom etmoqda: 2025-yil 31-mart holatiga ko‘ra barcha ta’minlanmagan iste’mol kreditlarining 17,1% kompaniya hissasiga to’g’ri keladi. Ayni paytda TBC Uzbekistanning ulushi guruhning barcha ta’minlanmagan iste’mol kreditlarining 53%ini tashkil etmoqda.
2025-yil 31-mart holatiga ko‘ra, jismoniy shaxslarning depozitlari hajmi 5,7 trillion so‘mga oshgan (o’tgan yilga nisbatan 85%ga o‘sgan), bu O‘zbekistondagi bunday omonatlar umumiy hajmining 4%ga teng. TBC Uzbekistanning ulushi 2025-yil 31-mart holatiga ko‘ra TBC Bank Group jismoniy shaxslar depozitlari portfelining 13%ini tashkil etdi.
TBC Uzbekistan’ning noyob foydalanuvchilari soni 2025-yil 31-mart holatiga ko‘ra 19,7 million kishiga yetdi, bu esa kompaniyani Markaziy Osiyodagi eng yirik raqamli bank ekotizimlaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlamoqda. 2025-yilning birinchi choragida oylik faol foydalanuvchilar soni 6,1 million kishiga yetdi.
Umumiy operatsion daromad 2025-yilning 1-choragida jami 744 milliard so‘mga o‘sdi (yillik o‘sish 113%ni tashkil etadi) va hozirda TBC Uzbekistanning ulushi TBC Bank Group umumiy operatsion daromadining 21%ini tashkil qiladi.
Sof daromad 2025-yilning 1-choragida 98 mlrd so‘mga yetdi (yillik o‘sish 15%), kapital rentabelligi esa 13,7%ni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichlarga O‘zbekistondagi 114,4 milliard so’m miqdoridagi ehtimoliy kredit yo‘qotishlari bo‘yicha bir martalik zaxiralar, soliq to‘lashdan oldingi foydaga ta‘sir ko‘rsatdi. Mazkur bir martalik zaxiralarni ayirgan holdagi sof foyda 2025-yilning 1-choragida 190 milliard so‘mga, ya’ni o‘tgan yilga nisbatan 121 %ga o‘sdi, kapital rentabelligi esa 26.5%ni tashkil etdi.
Kompaniya 2024-yilning 4-choragida ishga tushirgan yangi mahsulotlarga talab o‘sib bormoqda. Muomalaga chiqarilgan Salom Card debet kartalari soni 2024-yil noyabrdagi 23 000 dan 2025-yil 31-martga 228 000 tagacha o‘sdi, ushbu kartalardagi aholi mablag’larining qoldig’i TBC Bank depozit portfelining 1,3%ini tashkil etadi, Osmon Card kredit kartalariga berilgan arizalar soni esa 2024-yil dekabridagi 13 000 ga nisbatan 48 000 taga yetdi, bu bank kredit portfelining 3%ini tashkil qiladi.
2025-yil yanvar oyida TBC Uzbekistan qo‘shimcha qiymatga ega moliyaviy va lifestyle-mahsulotlari to‘plamiga kirish imkonini beruvchi payme plus oylik obunasini ishga tushirdi. Bu mahsulot TBC Uzbekistan kompaniyasining taklif etilayotgan mahsulotlar qatorini kengaytirish va diversifikatsiya qilishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyasini amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi. Bunday say-harakatlar mijozlarning jalb etilganligi va sodiqligi oshirish hamda daromadlilikni ko‘paytirish imkoniyatini beradi.
Hisobot davri oxirida, 2025-yil aprel oyida TBC Uzbekistan mamlakatdagi kichik va o‘rta biznes (KO‘B) uchun kredit mahsulotini joriy etish orqali yangi biznes segmentiga kirdi. Mazkur yangi mahsulot TBC Business doirasida KO‘B uchun mo‘ljallangan mahsulot qatorining mantiqiy davomi bo‘ldi. Biz KO‘B uchun ajratiladigan kreditlar yangi mijoz segmentlarini o‘zlashtirishda hamda kredit portfeli va tushumni o‘sishini ta’minlashda muhim rol o‘ynashini kutmoqdamiz. Kelgusida KO‘B uchun kreditlar TBC Uzbekistan’ning kredit portfelining ahamiyatli ulushini tashkil qilishi kerak.
2025-yilning 1-choragida TBC Uzbekistan o‘z faoliyatiga sun’iy intellektni (SI) joriy etishni davom ettirdi. 2024-yilda biz o‘zbek tilidan foydalangan holda o‘zimizning sun’iy intellektga asoslangan nutq texnologiyasi platformasini ishlab chiqdik va ishga tushirdik – bu Markaziy Osiyodagi eng katta SI loyihalaridan biri. Platforma SI agentlarini faoliyatimizning asosiy yo‘nalishlarida qo‘llash imkonini beradi. 2025-yil aprel holatiga ko‘ra, sun’iy intellekt agentlari biroz kechiktirilgan kreditlari bo‘lgan mijozlarga 50%dan ortiq eslatuvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirib, operatsion samaradorlikni oshirdi. Shuningdek, 2025-yil yanvar oyida TBC savdo uchun ishlatiladigan Telegram botida ikki tilda (o‘zbek va rus) shaxsiy yirik til modelidan foydalanishni boshladi.
Bu an’anaviy raqamli kanallarga nisbatan bank mahsulotlari konversiyasining 30%ga oshishiga olib keldi, buning natijasida ushbu kanal orqali mijozlarni jalb qilish xarajatlari sezilarli darajada kamaydi. Bundan tashqari, guruh joriy yilda mijozlarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa ssenariylarda, shu jumladan ilovalardagi virtual yordamchilar uchun sun'iy intellektdan foydalanishni rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
2025-yil mart oyida TBC Uzbekistan O‘zbekistondagi guruhning barcha faoliyat yo‘nalishlarini birlashtirishga mo‘ljallangan TBC Digital boshqaruv kompaniyasi tashkil etilgani haqida xabar berdi. O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan TBC Digital kompaniyasi TBC Uzbekistan ekotizimida guruhning bizneslarini boshqaradi. Optimallashtirilgan huquqiy va boshqaruv tuzilmasi barqaror daromadli o‘sishga yordam beradi.
2025-yil mart oyida IMD Business School TBC Bank Group’ni Gruziya bankidan yetakchi mintaqaviy moliyaviy xizmatlar provayderiga aylanishiga oid keysni e’lon qildi, unda O‘zbekistonda guruhning tez o‘sishi va raqamli banking sohasidagi muvaffaqiyati ta’kidlandi. Hozirda IMD dasturiga kiritilgan keys TBCning kengaytiriladigan raqamli banking modeliga va uning guruhning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasidagi roliga alohida e’tibor bermoqda.
Nika Kurdiani, TBC Uzbekistan’ning CEO: “Biz yilni ishonch bilan boshlab, asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘sishni davom ettirdik. Kuchli operasion va moliyaviy natijalardan tashqari, biz O‘zbekistondagi biznes tuzilmasini optimallashtirish va uning tezkor o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan yangi boshqaruv kompaniyasi – TBC Digital’ni taqdim etdik. Chorak davomida yangi mahsulotlarni ishga tushirish va raqamli bank ekotizimimizni rivojlantirishda davom ettirdik, bu esa mijozlar bazasining o‘sishiga, foydalanuvchilarning faolligi oshishiga va daromadning keskin ortishiga olib keldi. Shuningdek, biz raqamli banking sohasida mintaqaviy yetakchini yaratish bo‘yicha harakatlarimiz xalqaro nufuzli biznes maktabi – IMD tomonidan e’tirof etilganidan juda faxrlanamiz. Transformatsiyamiz haqidagi keys mazkur maktab talabalari uchun ilhom manbai bo‘ladi deb umid qilamiz. Biz ikkinchi chorakda va undan keyin ham o‘sishda davom etamiz, bozorga yanada ko‘proq yangi mahsulotlarni taqdim etishni rejalashtirganmiz, bu esa mintaqadagi yetakchi raqamli banking ekotizimi sifatidagi mavqeimizni yanada mustahkamlash imkonini beradi”.