So‘m tobora o‘zgaruvchan bo‘lmoqda, lekin bu tashqi taʼsirlar oqibati
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 8 may holatiga ko‘ra, AQSH dollari 12 890 so‘mni tashkil etmoqda. Shu tariqa, so‘m bir hafta ichida 0,19% ga mustahkamlandi.
O‘tgan haftada so‘m dollar nisbatida 0,32% ga pasaygan edi, undan oldingi haftada esa 0,63% ga o‘sish qayd etilgan. O‘zbek so‘mining dinamikasi nervli va kamroq mantiqqa to‘g‘ri keluvchi tus ola boshladi, bu esa tashqi axborot va taʼsirlarning ko‘pligi bilan bog‘liq. So‘m valoatillikka juda qattiq dosh bermoqda.
O‘zbekistonda aprel oyi uchun isteʼmol narxlari indeksi bo‘yicha dolzarb maʼlumotlar eʼlon qilindi. Shu maʼlumotlarga ko‘ra, oylik solishtirmada inflyatsiya 0,2% ga pasaydi, yillik ko‘rsatkich ham shunchaga tushgan. Biroq yil boshidan may boshigacha jamg‘arilgan inflyatsiya 2,9% ni tashkil etdi — bu o‘tgan yilning shu davridagi 2,6% ga nisbatan yuqori. Yillik inflyatsiya hozirda 10,1% deb baholanmoqda. Bu ham 2024 yildagidan yuqoriroq. Narxlar fevralda keskin oshgan, shundan so‘ng ular barqarorlik tomon harakat qilmoqda.
Kelasi haftada dollar/so‘m juftligi 12 860 – 13 000 so‘m oralig‘ida savdo qilinishda davom etishi kutilmoqda.
Anna Bodrova, Alpari tahlilchisi