Valyuta kurslari 23/05/2025
$1 – 12904.51
UZS – -0,26%
€1 – 14575.64
UZS – -0,61%
₽1 – 161.99
UZS – 0,55%
Qidirish
Iqtisod 22/05/2025 Qashqadaryoda tarvuz eksporti: 3 ming tonna mahsulot xorij bozorlariga yo‘l oldi

Qashqadaryoda tarvuz eksporti: 3 ming tonna mahsulot xorij bozorlariga yo‘l oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yurtimizda joriy yilgi meva-sabzavot yetishtirish mavsumining ilk hosillari yig‘ib olinmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyatida tarvuz terimi va uni eksport qilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Bu yilgi ilk hosildanoq ushbu poliz mahsulotiga tashqi bozorlarda katta talab mavjud ekani yaqqol sezilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar jami 3 ming tonna tarvuz xorijga eksport qilingan. Shu bilan birga, pishib yetilgan hosil ichki bozorga ham izchil yetkazib berilmoqda. Bu borada, albatta, qashqadaryolik, xususan, Ko‘kdala tumanining fermer va dehqonlarining mehnati beqiyosdir.

Qashqadaryo tarvuzi o‘zining shirinligi, tabiiy tarkibi va ertapisharligi bilan ichki va tashqi bozorlarda yuqori talabga ega. Eksport hajmining ortishida mahsulotni tez va sifatli saralash, qadoqlash, logistika va eksportga yo‘naltirish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan tizimli ishlarning roli katta.

Ayni paytda tarvuz asosan Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. Tarvuzning erta pishib yetilishi esa ushbu bozorlardagi raqobatbardoshlikni sezilarli darajada oshirmoqda.

Agrar sohada eksport salohiyatini oshirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda mahalliy hokimliklar tomonidan tadbirkorlarga logistika, veterinariya va fitosanitariya tekshiruvlaridan o‘tkazish, eksport hujjatlarini rasmiylashtirishda ko‘maklashish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

2024-yilda tarvuz yetishtirish bo‘yicha eksportbop navlarni ko‘paytirish, yerlardan samarali foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish orqali eksport hajmini oshirish rejalashtirilgan edi. Qashqadaryoda bu borada olib borilayotgan ishlar yuqori samara berayotgani amaliy natijalarda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
OSZAR »