O‘zbekiston va Turkiya tog‘-kon sanoati va transport sohasida qo‘shma loyihalarni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov hamda Turkiya Energetika va tabiat resurslari vaziri o‘rinbosari, Ahmet-Berat Chonkar, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ufuk Ulutash bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar MTA hamda Kon-geologiya vazirligining hamkorlikdagi loyihalari, O‘zbekistonda investorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, shaffof mexanizmlar asosida auksion orqali tadbirkorlarga taklif qilinayotgan yer qa’ri uchastkalari, ta’limga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, sohaga oid qonunchilikning takomillashtirilayotgani, islohotlar davom etayotgani va xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.