Valyuta kurslari 22/05/2025
$1 – 12937.93
UZS – 0,35%
€1 – 14665.14
UZS – 1,05%
₽1 – 161.10
UZS – 0,47%
Qidirish
O‘zbekiston 20/05/2025 O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati tashkil etiladi

O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2030-yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish belgilandi, jumladan:

4,2 mln nafar umumiy o‘rta ta’lim tizimi tashkilotlari o‘quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi;

400 ming nafar o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi.

Qaror bilan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

2025–2026-o‘quv yilidan boshlab:

har yili ilmiy loyihalar tanlovida aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishni ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etishga oid mavzular e’lon qilib boriladi;

oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati tashkil etiladi.

“Ekolog olimlar hamjamiyati” nodavlat notijorat tashkiloti ta’sis etiladi.

Har yili talabalar o‘rtasida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” kabi nominatsiyalar hamda startap loyihalar bo‘yicha tanlovlar tashkil etiladi.

Shuningdek, 5-iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan har yili talabalar o‘rtasida dolzarb ekologik masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy forum o‘tkaziladi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’limda ekologiya sohasidagi tadqiqotlar qabul kvotalari 30 foizga oshiriladi.

Ekologik madaniyat va ekologiya muammolari sohasida xotin-qizlar uchun hududlar kesimida doktorantura uchun qo‘shimcha kvotalar ajratiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
OSZAR »