Valyuta kurslari 26/05/2025
$1 – 12915.90
UZS – 0,09%
€1 – 14658.25
UZS – 0,57%
₽1 – 162.44
UZS – 0,28%
Qidirish
Moliya 23/05/2025 Humoda boshqaruv raisi almashdi: Aleksey Maksimov lavozimini tark etdi

Humoda boshqaruv raisi almashdi: Aleksey Maksimov lavozimini tark etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) — Humo to‘lov tizimi operatorida yana yuksak darajada kadrlar o‘zgarishi yuz berdi.

Yagona korporativ axborot portalida eʼlon qilingan maʼlumotlarga ko‘ra, tayinlanganiga bor-yo‘g‘i 2,5 oy bo‘lgan Aleksey Maksimov bilan boshqaruv raisi sifatidagi mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilindi.

Nozorat kengashining 2024 yil 20 maydagi qaroriga binoan, boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajarish Maksadjon Muxitdinov zimmasiga yuklatildi. U avvalroq boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Uning vakolatiga Humo to‘lov tizimini bozor tamoyillari asosida rivojlantirish bo‘yicha iqtisodiy va texnik siyosatni belgilash kirgan.

Shuningdek, nozorat kengashi tarkibida ham o‘zgarish yuz berdi: kengash aʼzosi Shuxratbek Qurbonovning vakolati muddatidan oldin to‘xtatildi. U olti yildan ortiq vaqt mobaynida MBPMni boshqargan.

Uning o‘rniga Paynet kompaniyasi bosh direktori Anvar Isamuhamedov saylandi. U shu bilan birga markazning affillangan shaxslar ro‘yxatiga ham kiritildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
OSZAR »