Valyuta kurslari 16/05/2025
$1 – 12965.34
UZS – -0,11%
€1 – 14525.07
UZS – -0,56%
₽1 – 161.34
UZS – -0,18%
Qidirish
Texnologiyalar 16/05/2025 Aioi Nissay Dowa Insurance kompaniyasi prezidenti Keisuke Niiro bilan hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

Aioi Nissay Dowa Insurance kompaniyasi prezidenti Keisuke Niiro bilan hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasining Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida Tokio shahrida Aioi Nissay Dowa Insurance kompaniyasi prezidenti Keisuke Niiro bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonning so‘nggi yillarda erishgan yutuqlari, jumladan, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, elektron hukumat xizmatlarini kengaytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi natijalari haqida so‘z yuritildi. Mamlakatning kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari va mavjud imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Kompaniya tomonidan “Driving a Data-Driven Future for Uzbekistan” loyihasi taqdim etildi. Ushbu tashabbus “Creating Shared Value” (umumiy qadriyat yaratish) va “Digital Transformation” (raqamli transformatsiya) konsepsiyalari asosida shakllangan bo‘lib, ma’lumotlarga asoslangan shaharsozlik orqali barqaror va ilg‘or shahar muhitini yaratishga qaratilgan.

Loyiha doirasida avtomobillarga maxsus telematik uskunalar o‘rnatilib, yo‘l-transport hodisalari yuz berganida uch xil ma’lumot — sug‘urta kompaniyalari tomonidan berilgan zarar ma’lumotlari, avtomashinalardan olingan telematik ma’lumotlar va JICA kabi hamkor tashkilotlardan kelib tushgan voqea joyi ma’lumotlari — yig‘iladi. Bu ma’lumotlar Aioi Nissay Dowa Insurance kompaniyasi tomonidan tahlil qilinib, shaharlarni xavfsiz, aqliy va iqtisodiy faol muhitga aylantirish maqsadida foydalaniladi.

Yig’ilish davomida loyiha samaradorligini oshirish maqsadida “O‘zbektelekom” AJ bilan hamkorlik qilish taklif qilindi. Shuningdek, hukumat agentliklari bilan samarali hamkorlikni ta’minlash maqsadida, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazidan loyihaga mas'ul rahbar tayinlanishi belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
OSZAR »