Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
6 iyun kuni Toshkentda jamoat transporti soat 03:00 dan ish boshlaydi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Juma, 6 iyun kuni Qurbon hayiti munosabati bilan poytaxtda jamoat transporti soat 03:00 dan ish boshlaydi.
Bu haqda shahar Transport va transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi maʼlum qildi.
Mazkur qaror bayram namoziga jamoat transportida yetib borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida qabul qilingan.